Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zgidromet 9 ta viloyatda sel kelish xavfini ma’lum qildi

Joriy yilning 13-14 may kunlari respublikaning qator hududlarida kuchli yomg‘ir, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi hamda sel kelishi mumkin.

"O‘zgidromet" respublikaning qator hududlarda sel kelishi mumkinligi haqida shoshilinch axborot e’lon qildi.

Jumladan:

Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Andijon viloyatlarida sel, suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.