Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"O‘zgidromet" bir qator hududlarda sel-suv toshqini ehtimolidan ogohlantirmoqda

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, joriy yilning 14-18 fevral kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 14-16 fevralda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi.

14-18 fevral kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchilik sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Xabarda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilar ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirilgan.