Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zini poyezd tagiga tashlagan 38 yoshli ayol voqeasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda ayolni poyezd bosib ketganligi haqida xabar tarqaldi. Prokuratura holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, 2022 yil 26 sentyabr kuni soat 06:00 da "Xo‘jadavlat-Buxoro-1" yo‘nalishidagi poyezd 43-RZD va Murgak temir yo‘l bekatlari oralig‘ida harakatlanib kelayotgan vaqtda Kogon shahrida yashagan 38 yoshli ayol o‘z joniga qasd qilish maqsadida poyezd tagiga o‘zini tashlagan va olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Hozirgi vaqtda yuqorida qayd qilingan holat yuzasidan Buxoro transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.