Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zLiDeP 2014 yilgi saylov oldi dasturida belgilagan vazifalarning qanchasi amalga oshdi?

Samarqand veterinariya meditsina institutida o‘tkazilgan “Mening birinchi ovozim” loyihasi doirasida uyushtirilgan uchrashuvda talabalar partiya faollariga shu savol bilan murojaat qilishdi.

Tadbirda O‘zLiDeP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Qodir Shoyimov so‘zga chiqib, o‘tgan 5 yillikka mo‘ljallangan saylovoldi dasturining 98 % bajarilganligini alohida e’tirof etdi.

Shuningdek uchrashuvda talabalardan Saylov kodeksi, partiyaning yangi Saylovoldi dasturida yoshlar va ta’lim tizimi yo‘nalishlarida belgilangan vazifalar yuzasidan savollar kelib tushdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar joriy  yilgi saylovlar butunlay yangicha muhitda, yangicha huquqiy sharoitda o‘tishi, ushbu siyosiy jarayonga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ham jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotganligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, partiyaning yangi saylovoldi dasturida belgilanayotgan asosiy g‘oya va vazifalar haqida ishtirokchilarga ma’lumotlar berildi.

Xususan, joriy yilgi saylovlar mamlakatimiz tarixida ilk bor Saylov kodeksi asosida o‘tkazilayotganligi, bu esa saylovning qonuniylik, shaffoflik, ochiqlik sharoitida o‘tishining yana bir yorqin ifodasi ekanligini alohida e’tirof etishdi.

Savol-javobga boy tarzda o‘tkazilgan tadbirda “Siz O‘zLiDePni bilasizmi?” mavzusida viktorina tashkil etilib, g‘oliblarga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Baxtigul QARShIYeVA.