Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vaziri lavozimiga kirishdi

Bugun, 27 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Axmadovich Nazarbekov vazirlik xodimlari oldida Hukumat rahbari tomonidan Prezident farmoni o‘qilgan holda o‘z lavozimiga rasmiy tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

So‘z avvalida, Hukumat rahbari A.Aripov, Yoshlar, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi, Oliy Majlis Senati senatori B.Sayfullayevni bu yuksak lavozim, shu bilan birga, Prezidentimiz tomonidan ularga bildirilgan ishonch bilan qutladi.

B.Sayfullayev, yangi vazir O.Nazarbekov o‘z nutqida bildirilgan ishonchga, Vataniga, xalqiga munosib mehnat qilishga va’da berishdi.