Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘om elektr tarmoqlaridagi holat bartaraf etildi

2019 yil 26 avgust kuni telegram kanalimizda Past Darg‘om elektr tarmoqlari korxonasidagi uzundan uzoq navbat haqida videolavha berilgandi. Ushbu videolavhaga “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Bosh direktori M.Pardayev munosabat bildirdi.

“Past Darg‘om tuman elektr tarmoqlarida aholi va ulgurji iste’molchilarga yordamchi hisobchilardan 4 nafar va ulgurji iste’molchilarga 2 nafar, Majburiy ijro byurosi tomonidan 3 nafar to‘lov qabul qiluvchi xodimlar xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Aholini ASKUE tizimiga o‘tkazilayotganligi va byudjet tashkilotida ishlovchi ishchi-xodimlar hisob-kitobga jalb qilinganligi hamda ulgurji iste’molchilarga oyni yakuni bilan to‘lovga jalb qilinganligi sababli iste’molchilar soni keskin ko‘payib ketdi.

Hozirda ushbu kamchiliklar bartaraf etildi”.