Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘om oilaviy ajrimlar bo‘yicha viloyatda “yetakchi”

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat boshqarmasining tuman, shahar bo‘limlari mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ayrim shahar va tuman bo‘limlarida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘ngildagidek emasligi ta’kidlandi. Xususan, markazning Past Darg‘om va Narpay tuman bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida hamkor tashkilotlar ishtirokida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari sarhisob qilindi. Past Darg‘om tumanida oilaviy ajrimlar, er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchilik 47 %ni tashkil etib, holatni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar berildi. Narpay tumanida jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarning oldini olish, uning kelib chiqish sabablarini o‘rganish muhimligi ta’kidlandi.