Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘om tumani byudjetiga 13 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ qayerdan keldi?

Tumanda mahaliy byujetni qo‘shimcha manbalar hisobiga oshirish uchun muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad tuman ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘ miqdorini ko‘paytirish va ijtimoiy soha, xalq farovonligini oshirish borasidagi ishlar ko‘lamini kengaytirishdan iborat.

Jumladan, joriy yil yakuniga qadar tumanda 88 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Muhimi, 1269 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Joriy yilning olti oyi davomida 21 ta loyiha amalga oshirilib, 55851 million so‘m investitsiya o‘zlashtirilgan. Natijada yarim yillik yakuni bilan tuman mahalliy byudjetiga 13 milliard 287 million so‘m qo‘shimcha mablag‘ tushirilgan.

Ushbu mablag‘ning 2 milliard 800 million so‘mi tuman obodonlashtirish bo‘limining moddiy-texnik bazasini yaxshilashga sarflanmoqda.

Xususan, bo‘limga zamonaviy texnikalar keltirilib, tosh maydalash, qum tozalash va beton mahsulotlari ishlab chiqarish sexi faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Sentyabr oyining yakuni bilan ishga tushadigan ushbu sexda eng zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilgan.