Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘om va Payariq tumanlarida giyohvandlik vositalari yetishtirgan jinoiy guruh a’zolari ushlandi

Viloyat huquqni himoya qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Past Darg‘om va Payariq tumanlarida giyohvandlik moddalarini yetishtirib kelayotgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi.

Tadbir davomida, Past Darg‘om tumanida yashovchi M.A. sement saqlash omborxonasidagi 4 sotix yer maydonida shu tumanda yashovchi X.B. hamda Toshkent shahrida yashovchi R.A.lar bilan birgalikda, 610 tup “marixuana” giyohvandlik vositalarini parvarishlab kelayotgani fosh etildi.

Yana bir o‘tkazilgan tadbirda esa Payariq tumanida yashovchi A.A. yashash xonadonida 103 tup “Ko‘knori” giyohvand o‘simligini parvarishlab kelgani aniqlanib, hujjatlashtirib olindi.

Hozirda, ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.