Past Darg‘omda 2,1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi
- 17.10.2024 11:49
- 311
- Jinoyat va jazo
Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, “M.G.” MChJ rahbari S.R. Past Darg‘om tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida o‘rnatilgan elektr hisoblagichning ulanish sxemasini o‘zgartirib, tijorat maqsadida 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bank tizimi korrupsiyadan xolimi?
- Bugun, 17:13
- Samarqand
Ozarbayjon NNTlari - Samarqandda
- Bugun, 14:09
- Samarqand