Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘omda 300 tonna sig‘imga ega muzlatkich ishga tushirildi

Tumandagi “Po‘lat baliq havzasi” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi bugun o‘zi yetishtirgan mahsulotni chetga eksport qilish uchun sig‘imi 300 tonnalik baliq saqlashga mo‘ljallangan muzlatkichni ishga tushirdi.

Ushbu muzlatkich faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun xo‘jalik o‘z hisobidan 150 million so‘m, “Ipoteka” bankning tuman filialidan olgan 56 ming AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘larni sarfladi. Muzlatkich jihozlari Turkiya davlatidan keltirildi.

2014 yilda 4 gektar yerda baliq yetishtirishni boshlagan ushbu fermer xo‘jaligi bugun 16 gektar yerda 8 turdagi baliqlarni boqmoqda. Shuningdek, xo‘jalik tumanda baliq chovoqlarini yetishtirish bo‘yicha ta’minotchi hisoblanadi. Ayni paytda xo‘jalikda 1,5 gektar yerga baliqchilik laboratoriyasi tashkil etilgan bo‘lib, unda 4 turdagi baliq chovoqlari yetishtirilmoqda.

Past Darg‘om tumani hokimligi axborot xizmati.