Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘omda elektr tarmog‘iga noqonuniy ulangan rahbarga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Past Darg‘om tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O.Q.” fermer xo‘jaligi raisi O.B. tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan hech qanday shartnoma tuzmasdan quvvati 18 kVt bo‘lgan suv nasosini xo‘jalik yer maydonini sug‘orish uchun o‘rnattirgan.
Oqibatda elektr hisoblagichsiz tarmoqqa ulangan va foydalanib kelgan. Bu bilan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga 212,7 mln. so‘m zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.