Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘omda past navli pilla xom ashyosidan sifatli mahsulotlar tayyorlanmoqda

Past Darg‘om tumanida "Elbek TRJ" MChJ pillani qayta ishlash korxonasi faoliyat boshlaganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmadi. Joriy yil korxona 272 tonna pillani qayta ishlash hisobiga Eron, Xitoy davlatlariga 945 ming AQSh dollarlik mahsulot eksport qildi.

- Avvalo, asosiy e’tiborni sifatli pilla yetishtirishga qaratyapmiz, - deydi korxona rahbari E.Rahmonov. - Erta bahorda Xitoy davlatidan keltirilgan 650 ming tup tut ko‘chatlari ekdik. Ayni kunlarda yana 450 ming tup ko‘chat o‘tqazish ishlari olib borilmoqda. Agronomlarimizning sa’y-harakatlari bilan bugungi kunda yapaloq bargli tut ko‘chatlarini o‘zimizning iqlim sharoitimizda ko‘paytirishga kirishganmiz. Bu kelgusida yanada ko‘proq pilla yetishtirish uchun asosiy ozuqa manbasi hisoblanadi. 2020 yildan korxonamizda tayyorlanayotgan ipak kalavalardan mato ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz.

Korxonada chet el tajribasi asosida shu paytgacha chiqindi hisoblanib kelingan past navli pilladan ham mahsulot tayyorlanmoqda. Buning uchun yaqinda Xitoy davlatidan 4 ta dastgoh olib kelib o‘rnatildi. Ayni paytda dastgohlarda qayta ishlangan xomashyodan momiq matolar ishlab chiqarilyapti. Kelgusida  momiq matolardan yumshoq to‘shaklar tayyorlash rejalashtirilgan.

Korxonada 110 nafar kishi ish bilan ta’minlangan.

Baxtiyor ShUKUROV.