Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘omda yopilayotgan maktab muammosi hal etiladigan bo‘ldi

Yaqinda "Sevimli" telekanalining “Zamon” informatsion tahliliy dasturida "Yangi maktab nega 10 kunda yana yopilayapti?" nomli lavhasi efirga uzatilgandi.

Bugun Samarqand shahridagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan viloyat hokimining sayyor qabulida ushbu muammoga yechim topilgani aytildi.

Ta’kidlanishicha, viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning bevosita rahbarligida Past Darg‘om tumanidagi Chandirobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 126-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yuzaga kelgan kamchiliklar o‘rganib chiqilgan.

Qabulda Past Darg‘om tumani hokimi Sh.Xudoyberdiyev, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i S.Usmonov, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Nasimov va tegishli mutassadilarga mazkur maktab bilan bog‘liq muammolarni hal etish yuzasidan topshiriq berildi.

Yunus MIRZAYeV.