Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘omda metall konteyner ichidan ikki nafar yollanma ishchining jasadi topildi

Shu yil 17 noyabr kuni Past Darg‘om tumanidagi “Balxiyon” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan korxonalarning biri darvozasi oldidagi metall konteyner ichidan noma’lum etiologik zaharlanish bilan halok bo‘lgan 2 nafar yollanma ishchining jasadi topilgan.

Kecha, 23 noyabr kuni hodisa sabablarini tekshirish bo‘yicha tuman hokimining qarori e’lon qilingan.

Qarorda mazkur hodisaning sabablarini tekshirish, fojiani keltirib chiqargan omillarni o‘rganishda qo‘shimcha mutaxassislarni jalb etish kabilar ko‘zda tutilgan.

Tuman hokimligi axborot xizmati tez orada tekshirish natijalari ma’lum qilinishini bildirdi.