Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Pastdarg‘omlik 18 nafar bemor uchun 100 million so‘m pul ajratildi

Xalq deputatlari Past Darg‘om tumani kengashining yaqinda o‘tkazilgan navbatdagi sessiyasida tumanda yashovchi 18 nafar bemorda jarrohlik amaliyotini o‘tkazish, ularning sog‘lig‘i tiklash va ijtimoiy ahvolini yaxshilash maqsadida mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat bo‘limining zarnews.uz’ga taqdim etgan ma’lumotiga ko‘ra, hozirda ushbu maqsad uchun 102,5 million so‘m moddiy yordam mablag‘i berish masalasi ijobiy hal etilgan.

Mablag‘ yuqoridagi qarorga asosan “Mahalla” xayriya jamoat fondi Past Darg‘om tuman bo‘linmasi qoshidagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan ajratilgan.