Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘omda ayollar qanday imkoniyatlarga ega bo‘lyapti?

Tuman hokimligidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan yilda 6 nafar xotin-qizlarga boshlang‘ich to‘lovlarsiz uy-joy berilgan. 174 nafariga moddiy yordam, 187 nafar nogironligi bo‘lgan xotin-qizga reabilitatsiya vositalari, 18 nafar xotin-qizga 85 million so‘mlik tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 12 nafar xotin-qizga zarur qurilish materiallari, kambag‘allik ro‘yxatida bo‘lgan 102 nafar xotin-qiz bandligini ta’minlash uchun zamonaviy tikuv mashinalari berilgan.

Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va manzilli hal etish maqsadida joriy etilgan “Ayollar daftari”ga 9 ta mezon asosida 3 202 nafar xotin-qiz kiritilgan.

Joriy yilning o‘tgan davrida 65 nafar xotin-qiz tadbirkorlikka o‘qitilib, 110 nafarining bandligi ta’minlangan, 104 nafariga o‘zini o‘zi band qilish maqsadida tikuv mashinalari berilgan.

Darvoqe, Prezidentimizning Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan jamiyat hayotida faol bo‘lgan bir guruh ayollar va qizlarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmoniga ko‘ra, tumandagi 12-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi Vera Davlyakanova II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan taqdirlandi.