Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Juma - Samarqand shahri" yo‘nalishida “Changan Midibus G60” rusumli mikroavtobuslar qatnay boshladi

Kecha "Juma - Samarqand shahri" avtomobil yo‘nalishida 8 ta “Changan Midibus G60” rusumli zamonaviy mikroavtobuslar qatnay boshladi.

Ushbu mikroavtobuslar Xitoy davlatidan “Lazizjon qurilish nurli vohasi” MChJ tomonidan 2 milliard so‘m kredit mablag‘i evaziga olib kelingan.

- Shu vaqtgacha Samarqand shahriga 1 ta avtobus yo‘nalishidan tashqari 200 ga yaqin “Damas” rusumli avtomashinalari ham yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanib kelgan, - deydi Juma shahrida yashovchi Elbek Eshbekov. – Endi zamonaviy, shinam va qulay bo‘lgan yangi mikroavtobuslarning yo‘lga chiqayotganligi Samarqand shahrigacha bo‘lgan yo‘llardagi tartibsizlik va tirbandlikning oldini oladi.
Yangi yo‘nalish masofasi Past Darg‘om tumani markazidan Samarqand shahrining Temir yo‘l vokzali bosh bekatigacha uzaytirildi.

Dilmurod To‘xtayev.