Paxtachi tumani IIB YHXB boshlig‘iga chora ko‘rildi
- 18.05.2021 09:40
- 940
- Samarqand

Paxtachi tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i cignal chalgan haydovchining avtomobilini jarima maydonchasiga qo‘ydirgani va unga nisbatan viloyat IIB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.
Tekshiruv yakuniga ko‘ra, fuqarolar bilan muloqot jarayonida xushmuomala, kamtar va bosiq bo‘lmasdan, nosamimiylik bildirib, Ichki ishlar vazirining "Muomala madaniyati" va "Odob-axloq qoidalari" to‘g‘risidagi buyrug‘i hamda Intizom ustavi talablarini buzganligi uchun Paxtachi tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori, katta leytenant M.Tog‘ayevga “hayfsan”, yo‘l-patrul xizmati inspektori, safdor F.Haitovga “tanbeh” intizomiy jazosi berilishi, Paxtachi tumani IIB boshlig‘i, mayor S.Ortiqovning xatti-harakatlarini viloyat ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilgan katta ofitserlar tarkibidagi “Intizomiy kengash”da ko‘rib chiqilishi belgilandi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Dunyoni yaxshilar obod qiladi
- 3 soat avval
- Mutolaa
Туркияда Гермеснинг мармар ҳайкали топилди
- Kecha, 20:45
- Xorij
Iste’molchi doim haq
- Kecha, 17:14
- O‘zbekiston