Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Paxtachi tumani YHXB boshlig‘iga xizmat tekshiruvi tayinlandi

8 may kuni Paxtachi tumani Mustaqillik ko‘chasida "9 may - Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbir vaqtida, "Damas" rusumli trancport vositasi tadbir o‘tkazilayotgan joyga o‘tib ketishga uringan.

Holatni Paxtachi tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i ko‘rib, haydovchiga tadbir bo‘layotganligini tushuntirib, tuman IIB yo‘l harakati xavfsizligi guruhi xodimlariga transport vositasi hujjatlarini tekshirib ko‘rishni aytgan.

Transport vositasi hujjatlarini tekshirish davomida, kunlik yo‘l varaqasi yo‘qligi aniqlangan va ushbu haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan.

Samarqand viloyati IIB yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berishicha, tuman IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i M.Tog‘ayev hamda haydovchi o‘rtasidagi muloqotda ishtirok etgan xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilingan.