Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Paxtachi tumanidagi Davlat xizmatlari markazida endi aholiga 120 turdagi xizmatlar ko‘rsatiladi

Bugun Paxtachi tumanida yangi qurib bitkazilgan Davlat xizmatlari markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.

Markazda tuman adliya va FHDYo bo‘limlari, notarius va Bosh vazirning tadbirkorlar qabulxonasi joylashgani fuqarolarga anchagina qo‘layliklar yaratadi. Shuningdek, binoda kafe, bolalar xonasi, tibbiyot xonasi, investorlar xonasi, elektron navbat tizimi joriy etilgan bo‘lib, xalq banki kassasi ham joylashtirilgan. Barcha shart-sharoitlarga ega markazda kuniga 300 nafardan ortiq fuqarolarga 120 turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Binoning kirish qismida QR kodlari ustuni fuqarolar e’tiboriga havola etilgan bo‘lib, unda DXM ko‘rsatadigan xizmatlar haqida batafsil ma’lumot olish mumkin.

3 milliard 300 million so‘m mablag‘ evaziga barpo qilingan 2 qavatli ushbu zamonaviy bino "Madina Savdo belgisi" xususiy qurilish korxonasi tomonidan qurib bitkazildi.

Abdumajid HUSANOV,

Paxtachi tumani hokimligi axborot xizmati rahbari.