Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Paxtachida yer osti boyliklarini talon-toroj qilmoqchi bo‘lgan jinoiy guruh aniqlandi

Paxtachi tumani davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar bo‘limlari xodimlari tumanda tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tadbirda bir guruh shaxslar tomonidan tarkibida sof oltin moddasi bo‘lgan rudalarni noqonuniy tarzda qayta ishlash holatlariga chek qo‘yildi.

Ya’ni, tadbir davomida tumanda yashovchi fuqarolar - 1994 yilda tug‘ilgan U.A. va 1994 yilda tug‘ilgan I.B.ning yashash xonadonlarida tarkibida sof oltin moddasi bo‘lgan taxminan 3 tonna ruda toshlari hamda boshqa ashyoviy dalillar (tosh tegirmoni-2, drabilka dvigateli-1, elektron tarozi, quritish moslamasi, «UAZ» avtomashinasi-2) mavjudligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirildi.

Shuningdek, ohak sexi faoliyati hamda rudalarni noqonuniy tarzda qayta ishlash natijasida jami 1 mlrd. 260 mln. so‘mdan ortiq tabiiy gaz talon-toroj qilinganligi aniqlandi.