Paxtachida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgan xonadon aniqlandi
- 31.01.2024 10:51
- 85
- Jinoyat va jazo

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda «Bo‘ston» MFYdagi xonadonda yashovchi M.A. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil etib, qo‘lbola usulda yog‘ ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlanib, 540 litr iste’molga yaroqsiz yog‘, 1 790 kg. paxta chigiti va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Dunyoni yaxshilar obod qiladi
- 3 soat avval
- Mutolaa
Туркияда Гермеснинг мармар ҳайкали топилди
- Kecha, 20:45
- Xorij
Iste’molchi doim haq
- Kecha, 17:14
- O‘zbekiston