Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Paxtachida o‘ziga xulosa chiqarmagan og‘ufurush yana qo‘lga tushdi

6 fevral kuni Paxtachi tumani Amir Temur nomli mahallada yashovchi 1965 yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 270 va 276-moddalari bilan sudlangan fuqaro R.K.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida tintuv qilindi. Tintuv davomida uning uyining ikki taraflama devorlari orasidan yelim idishda 4 dona sellofan paketi ichiga solingan o‘ziga xos o‘tkir hidli, quruq holdagi taxminan og‘irligi 400 gramm "marixuana" giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo tariqasida olindi.

Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksning 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bu haqda IIV Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xabar berdi.