Paxtachida yuz bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
- 10.05.2023 11:14
- 612
- Samarqand
Viloyat IIB xabariga ko‘ra, Paxtachi tumanida sodir bo‘lgan yong‘in holati yuzasidan JKning 259-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sudga oid tibbiyot, yong‘in-texnika va sudga oid baholash ekspertizalari tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, kecha tunda Paxtachi tumani “Yangiobod” MFYda joylashgan aholiga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi hududida yong‘in-portlash sodir bo‘lgani xabar berilgandi.
Yong‘in natijada gaz quyish shoxobchasi hududida bo‘lgan 3 ta “ISUZU” rusumli avtomashina va ularda sig‘imi 50 litrli suyultirilgan uglevodorod gazlari bo‘lgan ballonlar yonib zararlangan. Dastlabki ma’lumotda hodisa oqibatida bir nafar fuqaro tan jarohati olgani xabar qilingan.
Rasmiy ma’lumotda hodisa shoxobchadagi “MAN” rusumli suyultirilgan gaz tashuvchi avtomashinadan gazni zaxira sig‘imiga bo‘shatish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi oqibatida yuzaga kelganligi taxmin qilinayotgani aytilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tadbirkor bo‘lish uchun eng zarur narsa nima?
- Kecha, 19:50
- Iqtisodiyot
Bemorlik bilim olishga to‘sqinlik qilolmaydi
- Kecha, 17:53
- Ta’lim