Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Paxtachidagi yashirin sexda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tumani bo‘limi tomonidan tuman gaz ta’minot filiali xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro X.X. “Jahonobod” MFYda joylashgan xonadonida yashirin sex tashkil etib, tosh quritishga mo‘ljallangan qo‘lbola gaz yondirgich ishlatib, 260,5 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.