Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Payariq tumanidagi "Xalq banki"ga o‘g‘rilikka kirgan kimsa ushlandi

Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati xabar berishicha, 2019 yil 30 yanvar kuni tungi soat 00.30larda tuman IIB qo‘riqlash bo‘linmasi otryadi xodimi tuman markazidagi Samarqand ko‘chasi 50-uyda joylashgan “Xalq banki” Payariq bo‘limi binosida xizmat olib borayotgan vaqtida noma’lum shaxs yashirin ravishda bankka kirishga uringan. Bu haqda xodim Payariq tuman IIBga ma’lum qilgan.

Qo‘riqlash bo‘linmasi otryadi xodimi bankka kirishga uringan  fuqaroni ushlagan. Xabar berilgach, voqea joyiga tergov tezkor guruhi darhol yetib kelgan va “Xalq banki”ga kirishga uringan shaxs Payariq tumani, Guliston qishlog‘ida yashovchi fuqaro ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Gumonlanuvchi ushlanganida yonida 30 va 15 santimetrli uchlari o‘tkirlangan temir jismlar, pichoq, qo‘lqoplar, polietilen sumka va boshqa buyumlar borligi aniqlanadi.

Shuningdek, ichki ishlar xodimi 2019 yil 30 yanvar kuni soat tungi 00.10 larda, xizmat olib borayotganida bankning orqa hovlisida kirish eshigining yuqori qismidan noma’lum shaxsning qo‘llari bilan eshikni ochishga urinayotganini sezib, zudlik bilan eshik oldiga boradi. Eshikni ochib, orqa hovliga chiqadi va bankka kirishga uringan noma’lum shaxs qochayotgan vaqtida unga o‘ziga biriktirilgan qurolini o‘qlanganini aytib “To‘xta otaman”, deb ogohlantirish beradi. Noma’lum shaxs qochishni davom ettirgandan so‘ng qurolidan bir marotaba yuqoriga qarab o‘q uzadi va unga yerga yotishini talab qiladi. Shundan so‘ng noma’lum shaxs joyida to‘xtaydi. Birga xizmat olib borayotgan sherigi - Payariq tuman IIB Qo‘riqlash bo‘linmalari otryadi xodimi bilan birgalikda uni ushlab olganligini ma’lum qilgan.

Davlat ob’yektiga kirgan mazkur shaxs yaxshi niyatda kirmaganligini hammamiz yaxshi sezib turibmiz. Yo‘qsa u kunduzi emas, yarim tunda kirmagan bo‘lar edi. O‘g‘irlik qilib, noto‘g‘ri yo‘llar bilan boylik orttirishning oxiri voy ekanligi haqida minglab misollar bor. Zero, buzoqning qochgani somonxonagacha bo‘lganidek, o‘g‘rining qochgani turmaxonagacha...