Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Payariqda 5,5 kilogramm giyohvand moddaning savdosi oldi olindi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida Payariq tumani hududida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish bo‘yicha o‘tkazilgan maxsus tadbir o‘tkazildi.

Tadbir chog‘ida fuqaroning yashash manzilidan 5,5 kilogramdan ortiq marixuana va kannabis narkotik moddalari olindi.

Mazkur holat bo‘yicha DXX Samarkand viloyati boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.