Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Payariqda “go‘shtsiz ovqat qilgan” bog‘cha xodimlariga chora ko‘rildi

Joriy yil 20 sentyabr kuni Zarnews.uz saytida “Payariq tumanidagi bog‘chalarda bolalar go‘shtsiz ovqat yeydimi?” sarlavhali maqola e’lon qilingandi. Unda tumandagi 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi holat bayon etilgan. Maqolaga viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilfuza Azizovadan javob oldik.

Unda aytilishicha, maqoladagi holatni o‘rganish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ishchi guruhi tuzildi. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi N.Norbo‘tayevaga hayfsan intizomiy jazo chorasi va tashkilotning xo‘jalik ishlar bo‘yicha mudiri F.Sharipov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, hamshira Z.Nishonovaga o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Bundan tashqari, maqolada bayon etilgan binoning holati bo‘yicha bog‘chani 2021 yilda davlat investitsiya dasturi asosida zamonaviy qayta qurish loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, loyihani amalga oshirish borasida ishlar olib borilyapti.