Payariqda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holati aniqlandi
- 06.11.2024 17:51
- 462
- Samarqand

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.U. “P.F.” MChJga qarashli binoda yashirin sex tashkil etib, hech qanday hujjatsiz yog‘ ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanayotgani aniqlangan. Departament xabariga ko‘ra, ushbu sexdan 6,8 tonna paxta xom ashyosi, 2 tonna texnik chigit, 126 kg. iste’molga yaroqsiz yog‘ va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 19/04, 16:06
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- 19/04, 14:17
- Jinoyat va jazo