Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Pensiya va nafaqa tayinlash uchun taqdim qilinadigan hujjatlar soni o‘zgartirildi

Fuqarolarga nogironlik nafaqasi tayinlanishida ulardan nafaqa tayinlash uchun mehnat daftarchasi nusxasini so‘rash bekor qilindi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmatidan ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 iyuldagi “O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra bu borada o‘zgartirishlar qilinmoqda.

Shuningdek, buyruq bilan vaqtincha mehnat guvohnomasi asosida faoliyatini amalga oshirgan fuqarolar uchun pensiya yoki nafaqa tayinlanishida ularning ushbu faoliyat turlarini ish staji hisobida inobatga olishning asoslovchi hujjat sifatida vaqtinchalik mehnat guvohnomasi nusxasi taqdim qilishi belgilandi.