Peperomiya guli: salomatlik va estetika manbai
- 22.10.2023 11:18
- 76
- Maslahat
Maxsus g‘amxo‘rlik talab qilmaydigan bu xona o‘simligi peperomiya deb nomlanadi. Ko‘rkam gul juda tez o‘suvchanligi hamda o‘zining o‘tkir yashil o‘suvchi quyuq barglari bilan bir o‘zi deraza tokchasini bekam bezatib turadi. Peperomiya barglari zich, qalin, yaltiroq qoplamali.
Bu gul nafaqat ko‘rkam ko‘rinishi va qulay parvarishi, balki xonadon ahli uchun foydali xususiyatlari bilan ham ajralib turadi.
Uning fitonsidlari toksin va patogen bakteriyalar havosini mukammal darajada tozalaydi. Uni yotoqxona yoki bolalar xonasiga joylashtirish bilan shamollash ehtimoli kamayishi kafolatlanadi. Immunitetni mustahkamlaydi. Bu gul bor xonalarda yuqumlikasalliklarga chalinish ehtimoli pastligi qayd etilgan.
Teglar:
gullar