Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Plastik shakldagi kadastr pasporti joriy etiladi

«Ko‘chmas mulk ob’yekti kadastr pasportining yangi namunasini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» telegram kanali xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, plastik shaklda tayyorlanadigan ko‘chmas mulk ob’yekti kadastr pasportining yangi namunasi:

- Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida — 2020 yil 1 martdan boshlab;

-  Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda esa — 2020-2022 yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladi.

2020 yil 1 martdan boshlab Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahrida joylashgan ko‘chmas mulk ob’yektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga o‘tgan, bekor bo‘lgan yoki ko‘chmas mulk ob’yektining huquqiy holati o‘zgarganligini tasdiqlash yuzasidan murojaat qilinganda, ariza beruvchiga DXMlar orqali yangi namunadagi kadastr pasporti beriladi.