Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Poytaxtda “Damas” avtomashinasida yong‘in kelib chiqqan (video)

Kecha, 19 mart kuni soat 17:30 larda Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Nurafshon” avtomobil yo‘lining 22-kilometrida haydovchi B.A. boshqaruvidagi “Damas” rusumli transport vositasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelishgan va yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositasi saloni va texnik qismlari yonib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.