Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Poytaxtda muzlama sabab 6 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transporti hodisasi sodir bo‘ldi

Toshkentda muzlama sabab 6 ta avtomobil oldinma-ketin to‘qnashdi.

Ma’lum qilinishicha, 22 yanvar kuni soat 17:00 atrofida, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangi Yunusobod ko‘chasida joylashgan kafe ro‘parasida, haydovchi X.X. «Neksiya-2» rusumli avtomobilda harakatlanayotib tezlikni pasaytirgan vaqtida uning ortidan kelayotgan S.N. boshqaruvidagi «Neksiya-3» rusumli, N.R. boshqaruvidagi «Epika» rusumli, M.S. boshqaruvidagi «Neksiya-2» rusumli, A.V. boshqaruvidagi «Matiz» rusumli, I.R. boshqaruvidagi yana bir «Matiz» rusumli avtomobil ishtirokida oldinma-ketin to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.