Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Poytaxtdagi avtoservisda portlash ro‘y berdi

Bugun, 14 mart kuni soat 11:15 larda Toshkent shahri bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarmasiga Uchtepa tumanidagi Foziltepa ko‘chasida joylashgan avtoservislardan birida portlash ro‘y bergani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Toshkent shahar IIBB Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan hodisa haqida ma’lumot berdi.

Bildirilishicha, avtoservisda kislorod balloni portlagan, oqibatda servis binosi tomining bir qismi qulab tushgan. Jarohat olganlar kasalxonaga yotqizilgan.

Xabarda aytilishicha, kislorod ballonidan foydalangan holda ishlashda xavfsizlik qoidalarining buzilishi ro‘y bergan hodisaga ehtimoliy sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Yong‘in ro‘y bermagan.

Hozirda tergovga qadar tadbirlar olib borilmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, prokuratura va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari voqea joyida ishlamoqda.