Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Poytaxtdagi tungi klubda pichoqbozlik sodir etildi, ikki kishi halok bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yunusobod tumanida qotillik sodir etilganligi yuzasidan xabar tarqalgan. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, 2020 yil 20 sentyabr kuni soat 06:00 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida joylashgan tungi klubdan chiqqan shaxslar ko‘chada turgan boshqa bir guruh shaxslar bilan o‘zaro janjallashgan.

Janjal vaqtida fuqaro S.X. yonida bo‘lgan pichoq bilan 4 nafar shaxsga bir necha marotaba tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Oqibatda 2 nafar shaxs vafot etgan, qolgan 2 nafarining hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan S.X.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi «a, l» bandlari, 25,97-moddasi 2-qismi «a, l» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

S.X. protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.