Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Poytaxtga olib kiruvchi har bir YPX maskanlarida dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda

Bugun, 22 martdan Toshkent shahrida barcha jamoat transporti harakati vaqtinchalik to‘xtatilgani haqida xabar qilingan edi.

Shu sababli poytaxtda yo‘nalishsiz taksi haydovchilarining faoliyatini nazorat qilish maqsadida Toshkent shahar IIBB YHXB va Transport vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari birgalikda ish olib bormoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati ma’lum qildi.

Toshkentning har bir tumanlari hududida va poytaxtga kirish-chiqish postlarida, YPX maskanlarida hamkorlikda xizmat olib borilmoqda va fuqarolarga yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatayotgan yo‘nalishsiz taksilar faoliyati nazorat qilinmoqda. Transport vositalarida dezinfeksiya ishlari amalga oshirilib, yo‘l kira narxlari sun’iy oshirilib yuborilmasligi ham nazoratga olingan.