Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Prezident qarori: Prokuratura va IIV tizimida yer resurslari talon-taroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘limlari tashkil etilmoqda

Bosh prokuratura tarkibida 8 ta shtat birligidan iborat bo‘lgan Yer resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalarida esa umumiy soni 56 ta shtat birligidan iborat bo‘lgan Yer resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish bo‘limlari tashkil etiladi.

Yangi tashkil etilayotgan boshqarma va bo‘limlar prokuratura organlarining 32 ta, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimining 15 ta, Suv xo‘jaligi vazirligi tizimining 7 ta, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining 10 ta shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan shakllantiriladi.

Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti tarkibida yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘limi, hududiy tezkor-qidiruv xizmatlarida esa yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmalari tashkil etiladi.

Yangi tashkil etilayotgan tuzilmalar 73 ta shtat birligidan iborat bo‘lib, ular ichki ishlar organlarining 30 ta, adliya organlari va muassasalarining 43 ta shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan shakllantiriladi.