Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Prezident: Qo‘shinlarning jangovar shayligi va tayyorgarlik darajasi keskin oshmoqda

Prezident Qurolli Kuchlarimizning shakllanishi va isloh qilinishi haqida:

“Albatta, Qurolli Kuchlarimizning shakllanish jarayoni dunyoda va mintaqamizda murakkab harbiy-siyosiy vaziyat hukm surgan davrga to‘g‘ri keldi.

Islohotlarimiz natijasida mamlakatimiz xavfsizligi va xalqimiz osoyishtaligini ta’minlashga qodir bo‘lgan, har tomonlama zamonaviy qurollangan, qudratli armiyamiz shakllanmoqda.

Biz 2016 yilda Qurolli Kuchlarimiz faoliyatini chuqur o‘rgangan holda, harbiy qurilishning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha muhim qarorlar qabul qildik. Va besh yillik istiqbolga mo‘ljallangan, kechiktirib bo‘lmaydigan kompleks choralarni ko‘rdik.

Aniq maqsadga qaratilgan ana shunday ishlar natijasida, armiyamiz qiyofasi ham, harbiy xizmatning ma’no-mazmuni ham tubdan o‘zgarmoqda. Qo‘shinlarning jangovar shayligi va tayyorgarlik darajasi keskin oshmoqda”, dedi davlatimiz rahbari.