Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Prezident saylovi oldidan mas’ullar uchun seminar o‘tkazildi

Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayonida namunali saylov uchastkasini tashkil etish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

Unda Samarqand shahri, Bulung‘ur, Jomboy, Oqdaryo, Past Darg‘om, Samarqand, Toyloq, Urgut tumanlari hokimlari va sektor rahbarlari, saylovga mas’ullar ishtirok etdi.

Seminarda saylov ishtirokchilarini o‘qitish bo‘yicha respublika ishchi guruhi a’zosi V.Ergashev tomonidan Saylov kodeksiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartish va yangiliklar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasining qarorlari bilan qo‘yiladigan talablar, Prezident saylovining o‘ziga xos xususiyatlari tushuntirildi.

Tadbir qatnashchilari namunali uchastka saylov komissiyasi binosi, bu yerda komissiya a’zolari va saylovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ovoz berish xonalarini jihozlanishini ko‘zdan kechirdi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha javob oldi.

Kunning ikkinchi yarmida shu kabi hududiy seminar Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘tkaziladi.

Husan ELTOYeV.