Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Prezident tabrigi va moddiy yordamni hokim yetkazdi

Prezidentning shu yil 21 dekabrdagi qaroriga ko‘ra, "Temir daftar" ro‘yxatida bo‘lgan oilalarga, shuningdek, 18 yoshga to‘lmagan farzandlari bor boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi hamda 18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalarga 800 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Samarqand shahrida ham 2791 oila Yangi yil bayrami oldidan ushbu yordamdan bahramand bo‘lyapti.

Kecha Samarqand shahar hokimi B.Obloqulov ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olib, ularga Prezidentimizning Yangi yil bayram tabrigi, 800 ming so‘m pul va hokimlik sovg‘alarini topshirdi.

Keksa va nogironligi bo‘lgan kishilar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar vakillari bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun davlatimizdan minnatdorliklarini bildirdi.