Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Prezident Turkmanistonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 10 oktyabr kuni Ashxobod shahriga jo‘nab ketdi.

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Kengash majlisi 11 oktyabrga mo‘ljallangan. Sammit doirasida Prezidentimizning qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.