Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Prokuratura organlariga ishga joylashtirish evaziga 30 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Bosh prokuraturaning ichki xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari bilan hamkorlikda fuqaro I.E.ning arizasi asosida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Muallif arizasida “Nosir” ismli shaxs mansabdor yaqinlari orqali tanishi A.E.ni prokuratura organlariga ishga joylashtirish evaziga 30 ming AQSh dollari talab qilib, ushbu pullar hisobidan 5 ming AQSh dollarini oldindan berishni so‘raganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur murojaat yuzasidan 2021 yil 4 aprel kuni o‘tkazilgan tadbirda 2 nafar fuqaro Chilonzor tumanida joylashgan “Denov” choyxonasida ariza muallifi I.E.dan 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Gumondor shaxslar protsessual tartibda ushlandi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.