Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qadim donishmandlarning yozishicha...

7 payg‘ambarga nisbat berilgan 7 maqom xususida shunday rivoyatlar keltirilgan:

Rost maqomi – Odam ato alayhissalomning jannatdan quvilgani bois tavbasi va shu yo‘lda chekkan nola-yu fig‘oni anglashiladi.

Ushshoq maqomi – Nuh alayhissalomning asl ismi yoshlar (yig‘i), “navha” so‘zidan olingandir.

Navo maqomi – Dovud alayhissalomga nisbat beriladi. U hamdu sano aytganda, uning go‘zal ovozi ta’sirida hatto hayvonlar, qushlar ham mutaassir bo‘lib, xushini yo‘qotar ekan.

Hijoz maqomi – Sulaymon alayhissalomning Yaratganga keltirgan shodlik shukronasining ifodasi sifatida yaralgan.

Iroq maqomi – Ayyub alayhissalom hayotida duch kelgan og‘ir sinovlarning ijobiy xotimasi bilan bog‘liq. 18 yil xastalikdan sog‘aygan vaqtida tanasini kemirayotgan qurtlardan biri yerga tushadi. Ayyub alayhissalom uni yerdan olib, yana badaniga qo‘yganda qurt qattiq chaqib oladi va shu onda beixtiyor yuzaga kelgan payg‘ambar fig‘onidan yaralgan ekan.

Husayniy maqomi – Yusuf alayhissalomning ko‘p yillar ayrolikdan so‘nggi yig‘isi nidolaridan yaralgan ekan.

Rohaviy maqomi – Muhammad alayhissalomga nozil etilgan Qur’oni karim suralarini go‘zal ovoz bilan qiroat qilgan paytlarida jilvalangan ekan.

(“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 2018 yil 2 noyabr).