Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Qadrdon kutubxonamga kitob sovg‘a qilaman”

Samarqand viloyati bolalar kutubxonasida shu mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
“Kitobxonlik haftaligi” doirasida o‘tkazilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari T.Tugalov, Markaziy bankning viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Suvonqulov yoshlarni kitob tanlashda va mutolaaga qiziqtirishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida mulohaza yuritib, kitobni inson hayotida erishgan yutuqlaridagi beqiyos o‘rni, unga havas uyg‘otgan insonlar haqida so‘zlab berdi.

Taniqli ijodkorlar bilan uchrashuvda o‘quvchilar o‘zlari yoqtirgan kitoblar to‘g‘risida, kitobxonlikka bag‘ishlangan she’r hamda hikmatli so‘zlaridan aytib berdilar.
Tadbir yakunida kutubxonaga kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.

Orif Xoliqulov.