Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qalbaki 100 AQSh dollarini almashtirmoqchi bo‘lgan talabaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov qalbaki pul tayyorlash va uni o‘tkazish jinoyati yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2019 yil 7 oktyabrda "Milliy bank"ning Mirobod tumani filialiga fuqaro M.N. (1998 yilda tug‘ilgan, talaba) 100 AQSh dollari miqdoridagi qalbaki pulni ayirboshlash uchun topshirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 16 oktyabr kuni Bosh prokuratura huzuridagi departamentning tuman bo‘limi tomonidan fuqaro M.N.ga nisbatan JKning 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.