Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qalbaki pul o‘tkazish bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi savdo majmuasida fuqaro D.B. xususiy tadbirkor J.Sh.ga qalbaki 210.000 Rossiya rublini 30 million so‘mga sotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 2020 yil 10 fevralda Departamentning tuman bo‘limi tomonidan JKning 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.