Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qarishni sekinlashtiradigan mahsulotlarni bilasizmi?

🔸Qovoq urug‘lari rux, triptofan va ko‘plab to‘yinmagan yog‘ kislotalariga boy. Ular terining elastikligini yaxshilaydi. Qovoq urug‘laridagi karotinoidlar va E vitamini yurak xastaliklarini oldini olishga va xolesterin miqdorini pasaytirishga yordam beradi.

🍅Pomidor tarkibida juda ko‘p likopen mavjud. Ushbu modda terini kuyishdan himoya qiladi. Likopen va beta-karotinning yetishmasligi yurak xurujlari va qon tomirlari xavfini oshiradi. Pomidor tarkibida likopen qondagi xolesterin miqdorini pasaytiradi va qon tomirlari faoliyatini yaxshilaydi.

🐠Baliqning yog‘li turlari omega-3 yog‘ kislotalariga va tabiiy oziq moddasi bo‘lgan dimetilaminoetanolga boy. Yog‘li baliqlarga boy diyeta ajinlar paydo bo‘lishi oldini oladi. Omega-3 yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega va terining, tirnoqlarning va sochlarning holatini yaxshilaydi.

🍫Kakao yoki qora shokolad tarkibida flavonoidlarning (flavonollar) maxsus guruhi mavjud. Ular yallig‘lanishga qarshi va erta qarishga olib keladigan erkin radikallarga qarshi kurashadi.

🥦Petrushkada S vitamini, karotinoidlar, xlorofill bor. Ular qonni tozalaydi va glutation ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, bu esa yosh tananing asosiy kaliti hisoblanadi.