Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qarishni sekinlashtiruvchi ne’matlar

Chakanda (chirqanoq, oblepixa): bu meva tarkibida salmoqli miqdorda retinol (darmondori – A) mavjud. U oksidlanish - qaytarilish jarayonida katalizator (sekinlashtiruvchi yoki tezlashtiruvchi modda) hisoblanadi, ayniqsa, teri yosharishi va ko‘z uchun foydalidir.

Xurmo qoqisi: ushbu mevani bejizga “hayot mevasi”, deya atashmaydi. Xurmo qoqisi (finik) tarkibida 23 nomdagi aminokislotalar, shulardan biri – triptofan moddasini ko‘p miqdorda saqlaydi. Bu aminokislota kishining kayfiyatini yaxshilaydi, ruhiy turg‘unlikni baxshida etadi.

Sut mahsulotlari: tvorog, qatiq, qimiz... va hokazolar tarkibida tabiiy sut-qatiq mahsulotlari foydalidir.

Xususan, aminokislotalar, darmon-dorilar, shu bilan birga, kalsiy, selen, ftor, mis kabilar borki, ular hayotiy zarurat omillaridan biri hisoblanadi.

Pomidor: bunda eng foydali modda, shubhasiz, antioksidant – likopin muhim ahamiyat kasb etadi. U saraton (rak), yurak-tomir xastaliklaridan himoya qiladi. Vaznga-vazn qo‘shilishidan asraydi, jinsiy faoliyat va asab tizimi faoliyatini rag‘batlantiradi.

Ko‘k choy: ichimliklardan eng yaxshisi bo‘lib, antioksidant miqdorini saqlash bo‘yicha birinchilar qatorida turadi.

U yengil peshob haydaydi, moddalar almashinuvi jarayonida katalizator vazifasini o‘taydi.